» » 17 yoshli Farangizning ahvoli kundan-kunga yomonlashmoqda. Uning hayotini birgalikda saqlab qolaylik!

17 yoshli Farangizning ahvoli kundan-kunga yomonlashmoqda. Uning hayotini birgalikda saqlab qolaylik!


“Daryo.uz” tahririyatiga xasta bolasining shifosi uchun yordam so‘rab Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Ma’mura Hojiboyeva murojaat qildi.

Ona uchun farzandidan aziz ne’mat bo‘lmasa kerak. Ona mehri dunyodagi barcha tuyg‘ulardan ustun turadi.

4 farzandning onasi Mamura opaning aytishicha, guldek qizi 2001-yil 16-avgustda tug‘ilgan Farangiz Mahamadzoidova 2013-yilning iyun oyini kunlarining birida holsizlanadigan, ko‘p uxlaydigan, oyog‘ida kuchli og‘riq muntazam bezovta qiladigan bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng onasi Mamura opa bemor qizi Farangizni shifokorga olib borsa, revmatizm tashxisini qo‘yadi va bir muddat revmatizmga so‘ngra poliatrit kasalligiga qarshi davolanadi. Ammo samarasiz bo‘ladi.

Shundan so‘ng onasi yana shifoxonalarga yo‘l oladi. Shifokorlar bu mening kasalim emas, deya aniq tashxis qo‘ya olishmaydi. 2013-yilning noyabr oyida Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga olib borib tekshirtirilganida, unga oq qon kasalligi tashxisi qo‘yiladi.

Ona farzandini sog‘aytirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, yelib-yugurmoqda. Lekin qo‘li kaltalik qilyapti. Turmush o‘rtog‘ining ham qon bosimi kasalligi bezovta qiladi. Hozir pensiyada. Kasallik Farangizni borgan sari yengmoqda. Vaqt o‘tib bormoqda.

Farangiz 2016-yilning avgust oyigacha kimyoviy terapiya muolajalarini to‘la kursini olib, kurslarni tugatgan va hech qanday dorilarsiz 2017-yilning fevral oyigacha yaxshi yurgan. Fevral oyini o‘rtalarida oyidan Farangiz onasiga ko‘zi yaxshi ko‘rmayotganini aytadi. Turli tibbiy markazlarda MRT tekshiruvidan o‘tkizishadi.

Shifokorlar aprel oyida Farangizning kasalligi yana qaytalanib, chap ko‘ziga salbiy ta’sir qilganiga, yana kimyoviy terapiya muolajalarini qayta olish kerakligini aytgan. Ko‘ziga nur terapiya olgan, kimyoviy muolajalarini qaytadan boshidan boshlagan.

“Kasallikning qaytalangani yoki qaytalanmaganligini aniqroq bilish uchun katta qarz ko‘tarib farzandimni davolatgani 2017-yil may oyida Hindistonga olib bordik. Lekin muolaja va dori-darmonlar qimmatligi tufayli pulimiz tugab, davolanish jarayonining yarmida qaytishga majbur bo‘ldik.

Saxiy insonlar ham yordam berib kelishayotgandi. Alloh oxiratda ajrini bersin. Lekin Yaratganning sinovi ekan. Kasalligi qaytalanib qoldi. Oxirgi choramiz qoldi. Unga chet elda ilik ko‘chirib o‘tkazishimiz kerak ekan. Tuzalib ketishiga umidimiz katta. Buni shifokorlar ham ta’kidlayapti.

Endi Rossiya federatsiyasida ilik ko‘chirish operatsiyasida 10 yoshli singlisi Shahnozadan qon, tirik hujayralaridan yetarli mikdorda olib farzandim Farangizga o‘tkazish kerak ekan.

“Farzandim oldingi kurslarini tugatguncha ancha qiynaldik. Kimyoterapiyadan tashqari ahvolini yaxshilash uchun qo‘shimcha muolaja qilib borilardi. Albatta, bu muolajalar juda katta mablag‘ni talab qilardi. Tanishlardan va qarindoshlardan katta mikdorda qarz olib davolanish muolajalariga sarfladik. Xozirda moddiy tomondan juda qiynalib qoldik.

Sotadigan hech narsamiz qolmadi. Yaxshi insonlardan imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”, — dedi Ma’mura Hojiboyeva.

Singlisi Shahnozaning qon analizlari 100 foiz to‘g‘ri kelgan. Ammo bunday operatsiyaga 70 ming AQSh dollaridan ortiq judayam ko‘p mablag‘ talab etiladi. Oilani esa bu pulni tez orada topib berishga imkoniyati yo‘q.

Qizaloqning bir ko‘zi ko‘rmay qolgan, endi ikkinchi ko‘zi ham xiralashib, -6 ga tushgan, hatto, yaqin masofadagi narsani ham ko‘rishga qiynalib qolgan.

Ikkala ko‘zida ham tez orada operasiya o‘tkazish zarur.

Azizlar, hayotdan umidi ko‘p, orzulari bisyor Farangizni chin yurakdan duo qilaylik. Farangiz yaxshilarning ko‘magiga muhtoj. Qo‘limizdan kelguncha, imkoniyatimiz yetguncha unga yordam beraylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Onasining telefon raqami: 99 8451246

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Onasi Ma’mura Hojiboyeva nomiga ochilgan.

Agrobank: 8600 0423 5264 7100

Agrobankning Toshkent shahar filialida Ma’mura Hojiboyeva nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394 INN: 201200124

Boshqa tashkilotlar-firmalardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000 900000 394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:

23118000 4



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют