» » Rojer Stoun 250 ming dollar miqdoridagi garov evaziga ozod etildi

Rojer Stoun 250 ming dollar miqdoridagi garov evaziga ozod etildi


AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi saylovoldi jarayonlar chog‘ida sud zalidan 250 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborilgan, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.

Rojer Stoun sudyaga tergovdan yashirinib yurolmasligi, xususan uning xorijga chiqish pasporti muddati tugaganini ma’lum qilgan.

Sud sobiq maslahatchining harakatlanishini ham cheklab, unga Florida, Nyu-York, Vashington va Virjiniya shtatlarida bo‘lish imkoni bergan.

Stoun o‘zining aybsiz ekanligini ma’lum qilib, o‘ziga nisbatan ayblovlarni “siyosiy asoslangan” deb atagan. Shuningdek u Trampga qarshi ko‘rsatma bermasligini ham ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют