» » Londondan uchib kelgan model Nadya Nepomnyashaya Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi

Londondan uchib kelgan model Nadya Nepomnyashaya Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi


23-yanvar kuni Londondan uchib kelgan 29 yashar model Nadya Nepomnyashaya Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, chegara nazoratidan o‘tish chog‘ida Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan model o‘tgan yil 9-avgustda pasportida xorijga chiqish stikeri bo‘lmagan holda Rossiya orqali Angliyaga borganligi aniqlangan.

Nadya Nepomnyashayaga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan (“Belgilangan tartibga rioya etmagan holda xorijga chiqish, mamlakatga kirish yoki chegarani kesib o‘tish” — eng kam ish haqining 200 barobaridan 400 barobarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yohud ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi).

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют