» » Erkinjon Turdimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvida 30 murojaatning 25 tasi qabulgacha hal etildi

Erkinjon Turdimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvida 30 murojaatning 25 tasi qabulgacha hal etildi


25-yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

Uchrashuvda qatnashish uchun hafta boshida shahar va tumanlardan 30 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha yer ajratish, kredit olish, arxitektura hujjatlarini tayyorlash, davlat sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim muassassalari qurish masalalarida bo‘lgan.

Bu masalalar uchrashuvga qadar mutasaddilarga yetkazilgan bo‘lib, ulardan 25 tasi hal etilgan. Muammosi joylarda yechimini topmagan 5 nafar tadbirkor viloyat hokimiga murojaat qilgan. Ularni hal etish uchun mutasaddilarga topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют