» » O‘zbekiston Orol bo‘yicha trast fondi uchun 60 mln dollarlik 19 ta loyiha tayyorladi

O‘zbekiston Orol bo‘yicha trast fondi uchun 60 mln dollarlik 19 ta loyiha tayyorladi


O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqasida Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi doirasida amalga oshirish uchun 60 million dollar qiymatidagi 19 ta loyiha tayyorladi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ularning bir qismi Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlarni barpo etishga yo‘naltiriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari BMT tuzilmalaridan Animal Planet, National Geographic, Wild, BBC va boshqa xalqaro telekanallarni Oroldagi ekologik fojia to‘g‘risida hujjatli filmlar suratga olish uchun jalb qilishda ko‘maklashishni so‘radi.

Trast fondi besh yil davomida 2 milliondan ziyod kishi istiqomat qilayotgan hududda yangi ish o‘rinlarini ochish, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni yaxshilash uchun 123,2 million dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston hukumati fondga 6,5 million dollarlik birinchi transhni o‘tkazdi. Norvegiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Shveysariya hukumatlari bilan mablag‘ ajratish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют