» » Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortdi

Guaido Maduro bilan muzokaralardan bosh tortdi


O‘zini mamlakat muvaqqat prezidenti deb e’lon qilgan Venesuela Milliy assableyasi spikeri Xuan Guaido davlatning amaldagi prezidenti bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Guaido 25-yanvar kuni o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishi vaqtida Maduro hukumatining soxta muloqotiga rozi bo‘lmasligini aytgan.

“Mojaro yechimini istagandim, ammo mamlakatdagi tuzum buning ustidan kuldi. Shu bois, tuzumga va butun dunyoga aniq-tiniq bildirmoqchiman: soxta muloqot hech kimga kerak emas”, — degan Guaido.

Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Guaido bilan uchrashish taklifini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “qayerda va qachon bo‘lsa ham uchrashishga tayyor”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют