» » OAV: Oq uy favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini tayyorlamoqda

OAV: Oq uy favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini tayyorlamoqda


Donald Tramp favqulodda holat e’lon qilsa, Meksika chegarasida devor qurishga 7 milliard dollar ajratiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Oq uy hozirda prezident Donald Trampning janubiy chegara bo‘ylab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi favqulodda deklaratsiya loyihasini tayyorlamoqda.

“AQShga har kuni noqonuniy ravishda kirib keladigan ko‘plab xorijlik fuqarolar mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita tahdid qiladi. Bu esa mamlakatda favqulodda holatni yuzaga keltiradi,” — deyiladi prezident deklaratsiyasi loyihasida.

Tramp hozircha favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmayapti. Ammo demokratlar bilan muzokaralar natija bermasa, buni amalga oshirishga tayyor ekanini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют