» » Buxoroning cho‘l hududlaridagi quduqlar ta’mirlanmoqda

Buxoroning cho‘l hududlaridagi quduqlar ta’mirlanmoqda


Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Qorako‘l” naslchilik mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida 10 dona quduqlar kapital ta’mirlanib, suv tortadigan nasoslar o‘rnatildi. Bu haqda Davyergeodezkadastr qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Nasoslar BMTning Taraqqiyot Dasturi, Global ekologik jamg‘arma va Davergeodezkadastr qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlarida sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” loyihasi mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan.

Cho‘ponlar endi suv nasosi yordamida 15 daqiqada temir hovuzni to‘ldirish, zahira uchun suv saqlash, temir lotokda qo‘y-echkilarni sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Quduqlarning suv keladigan quvurlariga zulpin-jumraklarni o‘rnatilishi suvni bekorga oqib yotishini oldini olish, suvdan samarali va tejab foydalanishni ta’minlamoqda.

Quduqlarni kapital ta’mirlanishi har bir hududda qo‘shimcha ravishda salkam ming gektar atrofidagi yaylov yerlarida qo‘y-echkilarni boqish imkoniyati yaratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют