» » Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi

Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi


Angliya banki 26-yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumatining qiymati 1,2 milliard dollar bo‘lgan oltin yombilarni mamlakatga qaytarish so‘ralgan murojaatini qanoatlantirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Markaziy bank AQShning ayrim mulozimlari, xususan, milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident yordamchisi Jon Bolton va davlat kotibi Mayk Pompeoning Buyuk Britaniyaga yordam so‘rab yo‘llagan murojaatidan so‘ng shunday qarorga kelgan. Unda “Venesuela rejimining xorijiy aktivlarga chiqish imkoniyatini to‘xtatish” so‘ralgan.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan yilning 7-noyabrida Angliya banki noqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirishning oldini olish maqsadida Venesuelaga qiymati 420 funt sterling (deyarli 550 million dollar) bo‘lgan oltin yombilarni qaytarishdan bosh tortgan. Britaniya rasmiylari Venesuela hukumatidan qimmatbaho metallardan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligi haqida ma’lumot talab qilgan.

2018-yilning dekabr oyida Venesuelaning “Avvalo adolat” va “Xalq irodasi” nomli ikki muxolifat partiyasi Angliya bankidan Maduroning talabiga binoat oltinlarni qaytarmaslikni so‘ragan. Ularning fikriga ko‘ra, oltinlardan muxolifatchilarni ta’qib qilishni tashkil qilish maqsadida foydalanishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют