» » Namangan davlat universitetida tibbiy yo‘nalishdagi fakultetlar ochiladi

Namangan davlat universitetida tibbiy yo‘nalishdagi fakultetlar ochiladi


Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sanjarbek Hamidov ma’lum qildi.

Delegatsiya safari davomida tibbiyot sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha ikkita bitim imzolandi.

Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomasiga muvofiq Namangan davlat universitetida to‘rtta yo‘nalish — davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, farmatsevtika bo‘yicha yangi fakultetlar tashkil etiladi. Talabalar yangi o‘quv yilidan boshlab qabul qilinadi.

Shuningdek, namanganlik tibbiyot xodimlari Ural davlat tibbiyot universitetida malaka oshirish kursida o‘qib, u yerdagi klinikalarda amaliyot o‘taydi.

Ural davlat tibbiyot universiteti rektori Olga Kovtun Namangan viloyati bilan hamkorlik aloqalari kelgusida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 20:14)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют