» » O‘zMU shov-shuv bo‘lgan xazina universitet xodimlari tomonidan 2—3 yil davomida to‘planganini ma’lum qildi

O‘zMU shov-shuv bo‘lgan xazina universitet xodimlari tomonidan 2—3 yil davomida to‘planganini ma’lum qildi


O‘zMU topilgan xazinaning deyarli barchasi universitet muzeyining xodimlari tomonidan so‘nggi 2—3 yillar davomida yig‘ilganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zMU matbuot xizmati xabar berdi.

Universitet xazina haqidagi xabarlarda keltirilgan 5 ta rasmdagi kitoblar va osori-atiqalar universitetda yo‘qligi, ular internetdagi resurslardan olingani hamda maqola muallifi tomonidan ma’lumotning jozibadorligini oshirish uchun fotokollaj uchun foydalanilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida topilgan deb e’lon qilingan osori-atiqalar, noyob san’at asarlari va qimmatli buyumlar bo‘yicha arxeologik izlanishlar O‘zMU olimlari tomonidan olib borilmagan.

“Ushbu ashyolarda universitetga tegishliligini tasdiqlovchi muhrlar mavjud (Turkestanskiy Narodniy Universitet va SAGU muhrlari) va hozirda ular universitetda saqlanmoqda”, – deyiladi O‘zMU xabarida.

Shuningdek, universitet 8 kilogramm oltin topilganini ham rad etib, bu haqda O‘zMUda rasmiy ma’lumot yo‘qligini bildirgan.

Bir necha kun avval, Toshkent markazidagi eski binolarning yerto‘lasida 80 yil avval yo‘qolgan va million AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega xazina topilgani haqida xabar tarqaldi. Keyinroq xazina Milliy universitetning yerto‘lasidan chiqqani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют