» » Ozbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini ozgarishsiz 16 foiz darajasida qoldirildi

Ozbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini ozgarishsiz 16 foiz darajasida qoldirildi


Markaziy bank boshqaruvi 26-yanvar kuni qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida ozgarishsiz qoldirish togrisida qaror qabul qildi. Mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan yonalishini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini taminlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish maqsadlariga asoslangan, deyiladi bank axborotida.

2018-yil yakunlari boyicha inflyatsiya darajasi yillik hisobda 14,3 foizni tashkil etdi. Bunda, 2018-yilning dekabr oyida narxlarning oylik osishi otgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, 2018-yilning IIIV choraklari davomida choraklik inflyatsiya darajasini 2017-yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.

Ayni paytda, IV chorakda ichki talabning yuqori bolishi, tartibga solinadigan narxlarning oshishi va almashuv kursi dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari tasirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi.

2018-yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining oshirilishi bilan bir qatorda prudensial nazorat choralarining kuchaytirilishi kreditlashning narxga bogliq hamda narxga bogliq bolmagan sharoitlarini qatiylashtirish va yakunda kreditlar osish suratini maqbullashtirish imkonini berdi.

Meva va sabzavotlarini saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hisobiga ularning narxlaridagi mavsumiy tebranishlar nisbatan past bolganligi hamda hukumat tomonidan bozorlarni asosiy istemol mahsulotlari bilan toldirish boyicha korilgan choralar, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasini keskin osishining oldini olishga yordam berdi.

Noyabr oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining 2018-yilgi inflyatsiya darajasiga ikkilamchi tasiri prognoz qilingan korsatkichlardan past darajada boldi. Bu, oz navbatida, 2019-yilda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi hisobiga inflyatsiyani tezlashishiga tasir korsatishi mumkin.

Shuningdek, 2019-yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi ozgarishlarga (asosan QQS bazasining kengaytirilishi) oldindan moslashishishi amalga oshmadi, bu biznes vakillarida soliq tizimidagi ozgarishlar ularning moliyaviy faoliyati va ishlab chiqarish harajatlariga tasiri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.

Natijada, yillik inflyatsiya darajasi (14,3 foiz) sentyabr oyidagi prognoz korsatkichga (16-17 foiz) nisbatan past boldi.

2018-yilning oktyabr-noyabr oylarida aholi va biznes vakillarining qisqa va orta muddatli inflyatsion kutilmalari tartibga solinadigan narxlar osishi sharoitida oshib bordi. Dekabr oyida respondentlar tomonidan yangi yil bayramidan song savdo faolligining susayishi taxmin qilinganligi qisqa muddatli kutilmalarni tushishiga sabab boldi.

Orta muddatli inflyatsion kutilmalarda ham biroz pasayish kuzatilgan bolsada, noyabr oyidagi energiya resurslarning qimmatlashishi hisobiga inflyatsion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qoldi.

Dastlabki malumotlarga kora, 2018-yilda iqtisodiyotning real osish surati 5,1 foizni tashkil etdi.

2018-yilning IV choragida investitsion, ishlab chiqarish va istemol faolligi uchun qulay ichki sharoitlar saqlanib qolindi.

Mazkur davrda kreditlashning osish suratlari sekinlashgan bolsada, ular otgan davrlardagi kabi iqtisodiyotning kredit mablaglarini ozlashtirish salohiyatidan yuqori boldi.

Kreditlash suratlarini osishi bilan bir qatorda ish haqi miqdorini oshirilishi va davlat xarajatlarini yuqoriroq hajmlarda bolishi yalpi ichki talabni ragbatlantiruvchi omillar boldi.

2018-yilning IV choragida yalpi taklifning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogliq omillarida keskin ozgarishlar tasiri kuzatilmadi. Ayni paytda, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati, oshib boruvchi talabni toliq qondirish uchun yetarli bolmaganligi sababli, ichki talabning malum qismi import hisobiga qoplandi.

Bunday vaziyat iqtisodiyotda tolov balansi holati yomonlashishi hamda inflyatsion va devalvatsion bosim ortishining oldini olish maqsadida pul-kredit va soliq-byudjet siyosati choralari orqali yalpi talab muvozanatini taminlash zarurligini korsatmoqda.

Ushbu holat, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining joriy bosqichida monetar va fiskal choralarning iqtisodiy osishni qollab-quvvatlashdagi rolini cheklanganligini tasdiqlamoqda.

Iqtisodiyotning mustahkam suratlarda osishi va uning raqobatbardoshligini taminlash vazifalari ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirishga asoslangan rivojlanish modeliga tayanishi lozim. Oz navbatida, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiyotning alohida tarmoqlarida olib borilayotgan tarkibiy islohotlarga bogliq.

IV chorakda tashqi iqtisodiy sharoitlar nisbatan barqaror hususiyatga ega bolib ichki iqtisodiy vaziyatga sezilarli bosim korsatmadi. Almashuv kursining nisbatan barqaror bolishi 2018-yilning otgan choraklaridagi tashqi sharoitlar yomonlashuvining salbiy tasirini yumshatishga yordam berdi. Bunda, IV chorak yakunlari boyicha somning ortacha real effektiv almashuv kursi avgust oyiga (asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining keskin qadrsizlanishi kuzatilgan davr) nisbatan 2,2 foizga qadrsizlandi.

2018-yil sentyabr oyi oxirida qayta moliyalash stavkasini oshirish boyicha qabul qilingan qaror natijasida IV chorak davomida pul bozoridagi, shuningdek depozit va kredit operatsiyalari boyicha foiz stavkalarida mos ravishdagi osish kuzatildi.

Xususan, 2018-yil dekabr oyida banklararo depozitlar boyicha ortacha tortilgan foiz stavkasi III chorak bilan solishtirganda 2,9 foiz bandga oshib, 14,2 foizni tashkil qildi.

Likvidlikni jalb qilish boyicha yangi instrumentlarning joriy qilinishi hamda davlat qimmatli qogozlarini muomalaga chiqarilishi pul-kredit siyosatining qatiylashtirilishida operatsion komak berdi.

IV chorakda kreditlash hajmining osish suratlari otgan choraklarga nisbatan sekinlashdi.

Muddatli depozitlar osish surati 2018-yil avgust oyidagi sekinlashish va sentyabr oyidagi pasayishdan song, IV chorakka kelib yana tiklandi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy real foiz stavkalar, milliy valyutadagi depozitlar boyicha nisbatan yuqori daromadlilik darajasi va majburiy rezervlash tartibining yangi mexanizmiga otilishi xorijiy valyutadagi depozitlarning jami depozitlar hajmidagi ulushini 36 foizdan 30 foizgacha yani 6 foiz bandga pasayishiga xizmat qildi.

Markaziy bank turli omillar tasirida pul-kredit sharoitlarining amaldagi va kutilayotgan ozgarishlarini kuzatib borishda davom etadi hamda yuzaga kelayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olgan holda tegishli choralar koradi.

Markaziy bank 2019-yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozini 13,5-15,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Prognozlarga kora yillik inflyatsiya darajasi fevral-mart oylarida ozining eng yuqori darajasiga yetganidan song pasaya boshlaydi, biroq iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining navbatdagi oshirilishi inflyatsiya pasayishi suratini sekinlashtirishi mumkin.

2019-yilda inflyatsiya surati tezlashishining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolishi, QQS boyicha yangi tolov mexanizmining joriy etilishi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining osishi, shuningdek energiya resurslari narxlari oshirilishining ikkilamchi tasiri kolamining kengayish ehtimolining mavjudligi bilan bogliq.

Pul-kredit siyosatining amaldagi yonalishining saqlab qolinishi, kreditlar boyicha imtiyozlar berishning yangi mexanizmini samarali joriy etilishi, byudjet xarajatlari va defitsitining belgilangan parametrlar doirasida bolishi, shuningdek soliq islohotlarining muvaffaqiyatli tadbiq etilishi inflyatsion jarayonlarni sekinlashishiga yordam beradi. Markaziy bank mazkur shart-sharoitlarning tolaqonli amalga oshishi taminlanganda 2019-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boyicha inflyatsiya prognozini qayta korib chiqishi mumkin.

Markaziy bank Boshqaruvining qayta moliyalash stavkasini korib chiqish boyicha navbatdagi yigilishi 2019-yilning 20-apreliga rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-01-2019, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -