» » O‘zbekiston maxsus bo‘linma harbiylari birinchi marta AQShdagi mashg‘ulotlarda qatnashmoqda

O‘zbekiston maxsus bo‘linma harbiylari birinchi marta AQShdagi mashg‘ulotlarda qatnashmoqda


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari 11-yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da bo‘lib o‘tayotgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ular bugungi kunga qadar ikkita hamkorlikdagi mashqlarni o‘tkazdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashg‘ulotlarning uchinchi — asosiy fazasini kuzatish uchun AQShga jo‘nab ketdi.

“Janubiy zarba” taktik mashg‘ulotlari — Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi o‘quv bazalarida o‘tkaziladigan yirik o‘quv-jangovar mashg‘ulotlari hisoblanadi.

O‘quv mashg‘ulotlari barcha qo‘shin turlari hamda qo‘riqlov bo‘linmalari, zaxira kuchlari va doimiy qo‘shinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSh va asosiy ittifoq qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ta’minlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur keng miqyosdagi mashg‘ulotlarda Kanadi, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.

AQShga rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 12-may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov AQSh CENTCOM qo‘mondoni general Jozef Votella hamda 18-sentyabr kuni Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni — shtat gubernatori o‘rinbosari, general-mayor Jenson D. Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyalarni kutib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют