» » O‘zbekiston masjidlarida juma mav’izalari uchun surdo tarjimonlarni jalb qilish boshlandi

O‘zbekiston masjidlarida juma mav’izalari uchun surdo tarjimonlarni jalb qilish boshlandi


O‘zbekistonning markaziy masjidlarida imkoniyati cheklangan fuqarolar, eshitish va nutq a’zolarida nuqsoni bor kishilar uchun juma mav’izasi surdo tarjimon vositasida masjidda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Buning uchun O‘zbekistonning har bir xududidagi markaziy masjidda juma mav’izalarini surdo-onlayn uzatish imkoniyatlari yaratiladi. Bunda o‘sha masjid tashqi qismiga muayyan toifaga mansub nogironligi bor kishilar uchun maxsus imkoniyatlar mavjudligini bildiriruvchi xalqaro belgi qo‘yiladi.

Juma namoziga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘zlari uchun belgilangan joyda monitorlarlarda imom-xatibni, uning yonida esa surdo tarjimon harakatlarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Xususan, 25-yanvar, juma kuni Toshkentdagi “Shayx Zayniddin”, Toshkent viloyatidagi Chirchiq markaziy jome masjidi, Samarqanddagi “Xo‘ja Ishoq Valiy” jome masjidlarida ilk bor juma mav’izalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri surdo tarjimon vositasida tushuntirib berildi.

1-fevraldan O‘zbekiston bo‘yicha 25 ta jome masjidda maxsus surdo-onlayn tarjimalar tashkil etilishi belgilangan. Mazkur loyiha bosqichma-bosqich keyinchalik har bir viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют