» » Maduro yaqin vaqt ichida saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilmasa, Yevropa mamlakatlari Xaun Guaidoni Venesuela prezidenti sifatida tan oladi

Maduro yaqin vaqt ichida saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilmasa, Yevropa mamlakatlari Xaun Guaidoni Venesuela prezidenti sifatida tan oladi


Venesuelada sakkiz kun ichida yangi “adolatli, erkin va shaffof” prezident saylovlari sanasi belgilanmasa, Ispaniya, Fransiya va Germaniya hukumatlari Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaidoni Venesuela muvaqqat prezidenti sifatida tan oladi.

Xuddi shunday bayonot bilan 26 yanvar kuni Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches chiqish qildi. Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Germaniya hukumati vakili Martina Fits ham o‘xshash bayonotlar bergan.

Sanchesning izohlashicha, Yevropa Guaido rahbarlik qilayotgan Venesuela Milliy assambleyasining qonuniyligini tan oladi va, ayni vaqtda, 2018-yil may oyida bo‘lib o‘tgan va Nikolas Maduroning g‘alabasi bilan tugagan Venesuela prezidenti saylovi va uning natijalarini tan olmaydi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar masalalari bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini ham, agar yaqin vaqt ichida yangi saylovlar e’lon qilinmasa, Yevroittifoq “Venesuela konstitutsiyasining 233-moddasiga muvofiq, mamlakatning yangi yetakchisini tan olishi”ni ma’lum qilgan. Aynan shu modda ayrim favqulodda holatlarda parlament rahbariga prezidentlik vakolatlari berishni nazarda tutadi.

O‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qilgan Venesuelaning muxolifatchi kayfiyatdagi parlamenti rahbari Xuan Guaido AQSh va Janubiy Amerikaning aksariyat mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Rossiya, Turkiya, Meksika va boshqa bir mamlakatlar esa Nikolas Maduroning tarafini olmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют