» » Trampning kuyoviga maxfiy ma’lumotlarga kirish ikki marta rad etildi

Trampning kuyoviga maxfiy ma’lumotlarga kirish ikki marta rad etildi


AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va Oq uy xavfsizlik xodimlari ikki marta prezident Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushnerga chet elliklar bilan aloqasi mavjudligi tufayli maxfiy ma’lumotlarga kirish rad etilgan, deya xabar beradi “TASS”.

Shu bilan birga Kushner bunday ma’lumotlarga bir necha marta kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Trampning kuyovi maxfiy ma’lumotga kirishni so‘rab murojaat qilgan, lekin rad javobini olgan.

Odatdagidek, bunday holatlarda Kushnerni FQB tekshirgan va o‘z natijalari haqida Oq uy xodimlariga hisobot bergan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, AQSh boshqaruviga qo‘shilishdan oldin tadbirkor va investor bo‘lgan Kushnerning chet ellik aloqalariga e’tibor qaratilgan.

Idora Kushnerning boshqa davlat vakillari tomonidan potensial ta’sir ko‘rsatish obyekti bo‘lishi mumkinligi haqida xavotir bildirgan.

Biroq keyinchalik prezidentning kuyovi davlat siriga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Oq uy xavfsizlik idorasi 2017-yilning may oyida boshqargan Karl Kleyn Oq uy xodimlariga kamida 30 marta ma’lumot maxfiy ma’lumotlarga kirishga imkon bergan.

Chorshanba kuni Kongress Vakillar palatasining Nazorat va hukumatni isloh qilish qo‘mitasi Oq uyning maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqini berish tartibini buzganligi bo‘yicha tergov boshlaganini ma’lum qildi.

Xususan, Kushner nima uchun hozirgacha Kushnerning yashirin ma’lumotlarga kirish huquqi borligidan ajablangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют