» » Xalq qabulxonalari faoliyati yangicha asosda tashkil etiladi

Xalq qabulxonalari faoliyati yangicha asosda tashkil etiladi


2019-yilning 1-fevralidan Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinadi deya xabar qildi “Daryo” manbasi.

Har qanday islohotning amaliyotga samarali joriy qilinishi, birinchi navbatda, kadrlar salohiyati va malakasini doimiy oshirib borish bilan bog‘liqligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birga Xalq qabulxonalari xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish vazifasi topshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kurslari Xalq qabulxonalari instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Malaka oshirish kurslari besh kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlaridan iborat bo‘lib, unda Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi barcha Xalq qabulxonalarining mudirlari 10 ta guruhga bo‘lingan holda o‘z bilim va malakasini oshirmoqda.

Mashg‘ulotlarda “aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy muhokama, taqdimot kabi interfaol usullardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘quv kurslarida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangicha asosda tashkil etish, ularning sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, ishchi guruh — jamoani shakllantirish va uning samarali ishlashini tashkil qilish, taym-menejmentni amalda qo‘llash — har bir soniyadan unumli foydalanish, aholi muammolari bilan ishlash uchun har tomonlama kuchli tayyorlanish, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish usullari kabi mavzularga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududlardagi Xalq qabulxonalarida o‘tkaziladigan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari bilan esa bu borada nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют