» » Indoneziyaning eng badavlat kishilaridan biri 98 yoshida vafot etdi

Indoneziyaning eng badavlat kishilaridan biri 98 yoshida vafot etdi


Indoneziya poytaxti Jakartada Sinar Mas Group asoschisi Eka Jipta Vidjayya 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Xitoyda tug‘ilgan Vidjayya 9 yoshida Indoneziyaga ko‘chib o‘tgan va 17 yoshida o‘zining ilk biznesini boshlagandi. 1962-yilda birinchi firmasini, keyinroq palma yog‘i ishlab chiqaradigan dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri va ko‘chmas mulk agentligiga asos soladi.

Uning aktivlari nafaqat Indoneziya, balki Singapur va Malayziyada ham bo‘lgan. Hozirda Vidjayyaning biznes-imperiyasini farzandlari va nabiralari boshqaradi, ishchi-xodimlar soni esa 380 ming kishini tashkil etadi.

Bloomberg Vidjayyani 9,3 milliard dollar mol-mulk bilan eng boy indoneziyaliklar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa qo‘ygandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют