» » Farg‘onada shahar-tuman Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi (foto)

Farg‘onada shahar-tuman Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi (foto)


Farg‘onada viloyat hamda shahar-tuman Xalq qabulxonalariga zamonaviy xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Robiyaxon Mahmudova, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Boyqo‘ziyeva, prokuratura, ichki ishlar hamda soliq idoralari xodimlari qatnashdi.

Viloyatda ayni paytda 4 ta shahar va 15 ta tuman Xalq qabulxonasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr davomida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

— Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi, — deydi viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Robiyaxon Mahmudova. — 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. Zamonaviy xizmat avtomashinalari chekka qishloqlarda ham aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют