» » Bundesliga. “Borussiya Dortmund” 6 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. “Borussiya Dortmund” 6 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)


26-yanvar, shanba kuni Germaniya chempionatining 19-tur bahslari doirasida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Hannover”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Ashraf Hakimi Rafael Gerreyru uzatmasini golga aylantirdi (1:0) va hisobni ochdi.

2-bo‘limning 60-daqiqasida esa Marko Roys raqib darvozasiga jamoasining ikkinchi golini urdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Jeydon Sancho ikki nafar futbolchini aldadi va to‘pni Mario Gyotsega qulay tarzda oshirib berdi. Hujumchi bundan unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi (3:0).

67-daqiqada “Borussiya Dortmund” himoyachisi Rafael Gerreyru Mixael Esser qo‘riqlayotgan darvozaga to‘p kiritdi (4:0). 86-daqiqada esa “Hannover” klubi a’zosi Marvin Bakalorts jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Bellashuvning 90-daqiqalarida Aksel Vitselning uzoq masofadan chiroyli gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ikkinchi uchrashuv Diyeter Heking boshqaruvidagi “Borussiya Myunxengladbax” va “Augsburg” qarshiligi ostida o‘tdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida Oskar Bendt hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqalarga kelib Patrik Hermann 2-golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Borussiya Myunxengladbax” o‘z maydonida “Augsburg” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

27-yanvar, yakshanba kuni Myunxenning “Bavariya” klubi musobaqa jadvalida xavfli hududda borayotgan (16-o‘rin) “Shtutgart” bilan bellashadi. To‘qnashuv 19:30 da start oladi.

Bundesliga

19-tur bahslari

26-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 — 24 Hakimi, 2:0 — 60 Roys, 3:0 — 62 Gyotse, 4:0 — 67 Geeryru, 4:1 — 86 Bakalorts, 5:1 — 90 Vitsel.

Gollar: 1:0 — 78 Bendt, 2:0 — 90 Hermann.

Gollar: 0:1 — 19 Joelinton, 1:1 — 42 Holer, 1:2 — 59 Kramarich, 1:3 — 72 Kramarich, 2:3 — 77 Niderlexner, 2:4 — 85 Demirbay.

Gollar: 1:0 — 12 Brosinski, 1:1 — 43 Margreyter, 2:1 — 73 Kvayzon.

Gollar: 0:1 — 45 Heverts, 0:2 — 62 Folland, 0:3 — 88 Brandt.

Gollar: 1:0 — 27 Eggeshtayn, 1:1 — 35 Rebich, 2:1 — 52 Harnik, 2:2 — 68 Haller.

27-yanvar, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют