» » Hibsdagi Nadejda Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Hibsdagi Nadejda Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi


Hukumatni ag‘darishga uringanlikda gumonlangan xalq deputati Nadejda Savchenko “Nadejda Savchenkoning ijtimoiy va siyosiy platformasi” partiyasining syezdida Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan. Bu haqda “Bigmir.net” xabar berdi.

“26-yanvar kuni syezd delegatlari Ukrainaning prezidentligi uchun Nadejda nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) topshirish uchun barcha hujjatlar tayyor, faqat badal pulini to‘lashimiz qoldi. Hozir bankdan hisob ochilgani haqida xabar kutyapmiz,” — deydi partiya rahbari, Nadejdaning singlisi Vera Savchenko.

Veraning so‘zlariga ko‘ra, Savchenkoning Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida ishtiroki uchun badal puli partiya a’zolari, uni qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar, hatto chet eldan, masalan, AQShdan yig‘ilgan.

Savchenkoning tergov jarayoni hali tugamagani va hozirda u hibsda saqlab turilganligi sabab, uning hujjatlarini MSKga u qonunan ishonch bildirgan shaxs topshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют