» » Makedoniyani Shimoliy Makedoniya deb qayta nomlash haqidagi bitim kuchga kirdi

Makedoniyani Shimoliy Makedoniya deb qayta nomlash haqidagi bitim kuchga kirdi


Makedoniyaning yangi Konstitutsiyaviy nomi to‘g‘risidagi Prespa bitimi kuchga kirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

25-yanvar kuni hujjat grek parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi va Gretsiya Respublikasi prezidenti Prokopis Pavlopulos tomonidan imzolandi. Bitim “Hukumat gazetasi”da nashr etilganidan so‘ng rasman kuchga kirdi.

So‘nggi so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, 62 % greklar bu bitimga qarshi bo‘lgan. Parlamentda bitimni ratifikatsiya qilinishiga 300 nafar deputatdan 153 nafari ovoz bergan. 146 nafar parlament a’zolari qarshi bo‘lgan. 1 nafar deputat betaraf bo‘lgan.

So‘l partiyachilar bitimga qarshi chiqmoqda. Chunki bitimdan yagona maqsad — Rossiyaning Bolqon yarim orollariga ta’sirini kamaytirish uchun “Shimoliy Makedoniya”ni NATOga jalb qilish deb o‘ylamoqda.

Greklarning fikriga ko‘ra, faqat mamlakatning shimoliy qismidagi tarixiy hudud aholisini makedonlar deb atash mumkin. Skopye shahri ahli esa bu bitim xalqning birligini buzadi deb hisoblamoqda.

Makedoniya parlamenti 12-yanvardagi mamlakatni Shimoliy Makedoniya deb qayta nomlash haqidagi qonunni tasdiqladi.

Bu bitim 2018-yil 17-iyunda Prespa ko‘li  qirg‘oqlarida Afina va Skopye o‘rtasida imzolangan edi. Bu uzoq vaqt davom etgan bahsni hal qiladi va Skopye uchun NATO va YIga yo‘l ochadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют