» » Mehmonxona marketing strategiyasini tuzish uchun 10 taktika

Mehmonxona marketing strategiyasini tuzish uchun 10 taktika


HotelPro eksperti Dilshod Odilov “Daryo” uchun tayyorlayotgan turkum materiallarida mehmonxona biznesi borasida maslahatlar berishda davom etadi.

Har bir yangi kalendar yili keyingi yil uchun strategik reja tuzish bilan boshlanishi kerak. Natija berib kelayotgan marketing usullarini saqlab qolgan holda, zamon tezlashayotgani, o‘zgarayotganini hisobga olgan holda, yangi trendlarni o‘rganib, kerakli usullar bilan tuzilayotgan marketing rejasi boyitilishi zarur.

Quyida marketing rejasiga kiritilishi tavsiya etiladigan ba’zi taktikalarni keltirib o‘taman:

Mijozlar siz ularning ehtiyojiga moslasha olishingizni bilsin. Hozirgi imkoniyatlar bilan (internet tarmqolarida mehmonxonangiz haqida qoldirilayotgan fikrlarni o‘qish, xonalarda so‘rovnoma qoldirish, Telegram kabi messenjerlardan mijozlarga so‘rovnoma yuborib fikrini bilish, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnoma o‘tkazish, qanday postlarga yaxshi reaksiya bo‘layotganini kuzatib borish, “shikoyat va takliflar” kitobini o‘qish) mijozlarning sizdan nima xohlayotganini, qanday xizmatlaringiz ma’qul kelayotganini, qaysi xizmatlar ustida ishlash kerakligini bilib borish qiyin emas.

Ijtimoiy tadqiqotlar 80 foiz mijoz, agar yaxshiroq taklif tushsa, oldin ishlab turgan partnyorlarini o‘zgartirishga tayyorligini ko‘rsatmoqda. 87 foiz mijoz esa xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning mijozga e’tiborini yanada kuchaytirishi kerak deb hisoblaydi. Yetakchi ish boshqaruvchilarning 94 foizi mijoz sadoqatini qozonishning eng muhim omili har bir mijozga individual yondashuv deb hisoblaydi.

Demak, yuqorida keltirib o‘tilgan foizlar darajasidagi mijozlarni ularga individual xizmat ko‘rsata olishingizga ishontirib, o‘z mijozingizga aylantirish imkoniyati mavjud.

Buning uchun mijozlarga ularning sohasini boshqa sohalarga o‘xshamasligini, bu sohaning nozik taraflarini tushunishingizni va kerak bo‘lsa standart xizmatlardan tashqariga chiqa olishingizni yetkazib berishingiz talab etiladi. Har bir taklifingizda “biz sizni tushunamiz va tadbiringizni siz xohlaganday o‘tkazib bera olamiz, mehmoningizni siz xohlaganday kutamiz” degan chaqiriq bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.

Birgina Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zi 2 milliard faol foydalanuvchiga ega va bu ko‘rsatkich kundan kunga ortib bormoqda. Hozirgi paytda 50 milliondan ko‘p biznes sahifalari faoliyat olib bormoqda. Twitter, Instagram kabi tarmoqlar ham dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilarga ega. Kapital salmog‘i bir necha milliard dollarni tashkil etadigan korporatsiyalarning bu tarmoqlarda reklama berayotgani ham ijtimoiy tarmoqlarning naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatib turibdi. Qisqa, qiziqarli videoreklamalar borgan sari ommalashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar reklamaning kreativ va o‘zgacha bo‘lishiga keng imkoniyat ochib beradi.

Mijozlarning ham mehmonxona tanlash kanallari yildan yilga ko‘payib bormoqda, o‘sha kanallarda taklif berayotgan mehmonxonalarning o‘zi ham ko‘payib bormoqda. Ko‘pchilik tasavvuridagi standart turist uchun takliflar beradi. Siz boshqalardan ajralib turishingiz uchun mehmonlarni kategoriyalarga ajratib olib, har bir kategoriyaga alohida marketing qilishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, biznes maqsadida keladigan turistlar uchun alohida reklamalar, sayohatchi turistlar uchun alohida takliflar, yoshlar uchun alohida, kattalar uchun alohida, oilaviy sayohatchilar uchun alohida takliflar ishlab chiqish lozim.

Internet sahifalarida uchraydigan bannerli, rasmli reklamalar foydalanuvchilarning reklamaga nisbatan immuniteti ortib borayotgani tufayli foydalilik darajasini yo‘qotib bormoqda. Ma’lum bir qiziqishga ega foydalanuvchilar yig‘ilgan reklama maydonida beriladigan reklama postlari, PR-maqolalar esa borgan sari muhimroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bir yangilik saytining qaysidir bir qismida banner shaklida turgan, ustiga bosganda saytingizga o‘tib ketishga mo‘ljallangan reklamadan o‘sha yangilik saytida siz haqingizda berilgan PR-maqola yaxshiroq natija beradi.

Google tadqiqotlariga ko‘ra, sayohatchilarning 51 foizi sayohatni smartfonlardan foydalangan holda rejalashtiradi. Reklamalarni mobil platformasi bor resurslarga joylashga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Mijozlarning smartfonlar orqali xona va xizmatlar bron qilish, ma’lumot olish imkoniyatini kengaytiring. Telegram-botlar, kanallar, mobil dasturlar va sayt mobil ko‘rinishining qulayligi muhim ahamiyatga ega.

Elektron pochta orqali marketingni amalga oshirish mijozlarni maqsadli tanlash, taklifni to‘liq va chiroyli tarzda yetkazib berish imkoniyatini beradi. Agar elektron pochta orqali marketing to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, mijozlaringiz keyingi xatlaringizni ham kuzatib boradigan, takliflaringizni ko‘zdan qochirmaydigan bo‘ladi.

Oxirgi ikki yil ichida ham mehmonxona saytini, ham onlayn sayyohlik agentlari saytlarini birgalikda ko‘rib chiqadigan mijozlar soni 48 foizdan 30 foizga tushgani, faqat onlayn sayyohlik agentliklari saytini ko‘rib tanlov qiladigan mijozlar soni esa 48 foizdan 60 foizga ko‘tarilgan. Demak, Booking, “Expedia.com”, TripAdvisor kabi resurslarda yuqori o‘rinlarda turish va to‘liq ma’lumot berish nafaqat ko‘proq mijoz kelishiga, balki o‘zingiz haqingizda ko‘proq ma’lumot berib olishga ham imkoniyat yaratadi. Mijozlar siz haqingizda qoldirgan fikrlar qanchalik muhim bo‘lsa, ularga javob yozish ham shunchalik muhim.

Mehmonxonangizning asosiy raqobatchilarini belgilab oling va ularni kuzatishni to‘xtatmang. Mijozlaringiz raqobatchingizga ketib qolgandan keyin sababini o‘rganib, undan yaxshi taklif qilib qaytarib olishga harakat qilgandan, raqobatchingiz taklif qilgan imkoniyatni taklif qilib, mijozni o‘zingizda ushlab qolish osonroq. Raqiblaringizdan oldinda yurishga harakat qiling, doimiy izlanishda bo‘ling.

“Kimlar bizning mehmonxonani tanlayapti? Nima uchun bizning mehmonxonani tanlashyapti? Mehmonlar qayerlardan kelyapti?” degan savollani doim o‘zingizga bering. Bu savollarga javob berishda sizga mehmonxona boshqaruvi uchun foydalaniladigan 1C Hotel, iStay, MS Fidelio, Opera kabi maxsus dasturlar asqatadi. Kerakli hisobotlarni muntazam kuzatib borib, yuqoridagi savollarga to‘g‘ri javob topib, to‘g‘ri xulosa chiqargan menejerlarning mehmonxona boshqaruvida yuqori natijalarga erishish imkoniyati anchagina ortadi. Ushbu dasturlar har bir mehmonning individual talablarini ham kiritib borish imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun, mijozlar xohishiga mos marketing stategiyalari belgilashni osonlashtiradi va mehnatingiz samarasi ortishiga sababchi bo‘ladi.

Yuqoridagi taktikalardan to‘g‘ri foydalanib, biznesingizni yanada rivojlantirishingizga tilakdoshmiz.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют