» » Antaliyaga tornado yopirildi (video)

Antaliyaga tornado yopirildi (video)


Turkiyaning Antaliya viloyati hududiga tornado yopirildi, dey xabar beradi “Tengrinews”.

Tabiiy ofat avtomobillarni ag‘darib, tomlarni uchirgan va binolarni vayron qilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar bor.

Tornado oqibatida aeroportda avtobus va mikroavtobus ag‘darilib ketgan, ob-havo ikki samolyot va bir politsiya vertolyotiga zarar yetkazgan. 12 nafar jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Keyinroq Hurriyet nashri ikki nafar qurbon borligini xabar bergan. Shahardagi ikkita bino to‘la vayron bo‘lgan, 21 tasi jiddiy talofot ko‘rgan, 228 tasi jiddiy zarar ko‘rgan.

Severe Weather Europe meteoportali ma’lumotlariga ko‘ra, guvohlar bitta emas, bir yo‘la beshta tornadoning guvohi bo‘lgan. Tornado kuchli momaqaldiroq va do‘l bilan kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют