» » Kutilmagan tekshiruv: Erkinjon Turdimov bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini tekshirdi

Kutilmagan tekshiruv: Erkinjon Turdimov bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini tekshirdi


25-yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hech qanday ogohlantirishsiz Samarqand shahridagi bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga borib, u yerdagi achinarli ahvolga guvoh bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Viloyat hokimi mazkur muassasa faoliyati bilan tanishar ekan, u yerda olib borilayotgan ishlar mutlaqo qoniqarsiz, degan to‘xtamga kelgan.

54 nafar bola tarbiyalanayotgan futbol akademiyasi hududida obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, bino atrofi qarovsiz. Jumladan, bolalar mashg‘ulot o‘taydigan stadion tashlandiq bo‘lib qolgan. Bolalar ovqatlanadigan oshxonaning ahvoli achinarli darajada. Bir yarim oydan buyon gaz yo‘qligi sababli bolalar o‘z vaqtida ovqatlanmaydi. Hatto idish tovoqlar yetishmaydi.

Hojatxonalar 5 oydan buyon tozalanmagan, yotoqxonada hech qanday sharoit yo‘q, sanitariya qoidalariga amal qilinmagan. O‘quvchilar dars qilishi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Mashg‘ulotlarga olib boradigan avtobus nosoz. Futbol akademiyasining mutasaddilari faoliyati mutlaqo qoniqarsiz.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida Telegram’da akkaunt hamda viloyat hokimligida kun davomida ishlaydigan qisqa – 1177 raqamli “Ishonch telefoni” ishga tushirgan.

Erkinjon Turdimovning “kutilmagan tekshiruvlari”ni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qo‘llab-quvvatlamoqda va ushbu choralar Samarqand viloyatida ham “tartib o‘rnatilishi”ga ishonch bildirmoqda.

Hokimning ushbu ish uslubi joylardagi mutasaddilar faoliyatini ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam beradimi-yo‘qmi yaqin kelajakda ma’lum bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют