» » Plastik chiqindi idishlar foydali aerogelga aylantiriladi

Plastik chiqindi idishlar foydali aerogelga aylantiriladi


Dunyoning ko‘plab tadqiqot guruhlari muhandislari sivilizatsiyamiz tomonidan chiqitga chiqayotgan katta miqdordagi plastmassa idishlaridan foydalanishning yuqori samarali usulini yaratishga urunmoqda, deya xabar beradi “TravelAsk”.

Ushbu muammo ekologik mas’uliyati past va plastmassa ishlab chiqarish uchun xomashyoning narxi past bo‘lgan aholi orasida yanada chuqurlashmoqda. Ko‘p hollarda uglevodorod xomashyosidan olinadigan chiqindini yiqqan va qayta ishlagandan ko‘ra ularning mutlaqo yangi partiyasini ishlab chiqarish osonroq.

Afsuski, ekologlar va faollarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, ishlab chiqarilgan plastik chiqindilar miqdori har yili oshib bormoqda, qayta ishlangan plastmassalar miqdori ularnikidan ancha past.

Singapurlik olimlar ushbu muammoning original yechimini taklif qildi. Endi keraksiz plastik idishlardan aerogel olinadi.

Aerogel — gazning fazasi butunlay suyuqlikni o‘rnini oladigan o‘ziga xos bir geldir. Ushbu materialning 50 foizidan ko‘pi bo‘shliqlardan iborat, juda past zichlik, past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega va juda gigroskopikdir.

Fizik xususiyatlarning bu ajralmas kombinatsiyasi tufayli aerogellar turli xil dizaynlashtirilgan filtr qatlamlari, changni yutish elementlari, issiqlik izolyator elementlari sifatida ishlatiladi, ular superkapasitatorlar va boshqa noyob qurilmalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют