» » Bruklinlik yuk mashina haydovchisi lotereyada 298 million dollar yutib oldi

Bruklinlik yuk mashina haydovchisi lotereyada 298 million dollar yutib oldi


56 yoshlik Devid Jonson Powerball lotereyasida 298,3 million dollar jekpot yutib olib, uchinchi Nyu-yorklik jekpot g‘olibiga aylandi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Iberia Foods yuk mashinasi haydovchisi Devid 26-dekabr kuni betob bo‘lishiga qaramay ishga chiqqan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kirganda, 5 dollar evaziga lotereya biletini sotib olgan. O‘sha kuni vazifasini bajargach, betobligi sabab ertasiga ishga chiqmasligi haqida ogohlantirgan va uyga ketgan.

Yana bir yuk mashina haydaydigan do‘sti ham o‘sha yoqilg‘i shoxobchasiga kirganda, u yerdan bilet olgan bir odam jekpot yutib olganini eshitgan. Bu haqida Devidga telefon qilib aytgan. Ammo Devid bu o‘zi ekanini bilmagan va telefonda gaplashib bo‘lgach, yana uyquga ketgan.

Undan keyingi kuni ishga chiqqach, yoqilg‘i olish uchun shoxobchaga kirganida, biletini tekshirib ko‘rgan.  Yutuq chiqqan bilet o‘ziniki ekanini bilganida, quvonchdan sakray ketgan. O‘sha kundan beri qayta ishga chiqmagan.

“Men yuk va shunga o‘xshash og‘ir narsalar ko‘tarishim kerak. Meni noto‘g‘ri tushunmanglar. Ishimda yaxshi maosh to‘lashadi. Lekin ishning o‘zi qiyin. Shuning uchun doim bo‘shashni orzu qilganman. Mana endi bunga imkon tug‘ildi,” — deydi Devid.

Barcha soliqlarni to‘lagach, Devidda 114 million dollar qolgan. Hozirda u bu kapitalni boshqarish bo‘yicha advokat bilan ishlamoqda.

U bu pulga Bruklindan oilasi uchun yangi uy sotib olmoqchi ekanini aytgan, ammo bu uning yagona rejasi emas.

“Men doim Porsche olishni orzu qilganman. Qizilidan. Chunki ko‘chada uni haydab ketayotganimda hamma meni ko‘rishini xohlayman,”  — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют