» » Kim Chen In va Tramp uchrashuvi oldidan KXDR munosabatlarni yangilashga chaqirdi

Kim Chen In va Tramp uchrashuvi oldidan KXDR munosabatlarni yangilashga chaqirdi


Pxenyan KXDR va AQSh rahbarlarining sammiti oldidan ikki davlat o‘rtasidagi yangi munosabatlarni o‘rnatish zarurligini ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Ikki mamlakat baxtsiz o‘tmishini ortda qoldirib, yangi o‘zaro manfaatli munosabatlarga o‘tar ekan, Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasida hamkorlikning yangi davri boshlanadi. Koreya yarim orolini barqarorlik hukm suradigan mustahkam tinchlik hududiga aylantirish uchun KXDR va AQSh o‘rtasida munosabatlarning yaxshilanishiga erishish muxim” — deyiladi xabarda.

Avvalroq KXDR Davlat kengashi vakili Kim Chen In AQShdan qaytgan Pxenyan delegatsiyasi bilan uchrashgan. Xalq respublikasi rahbari Vashingtonda o‘tgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini bildirgan, shuningdek AQSh—KXDR o‘rtasidagi ikkinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun vazifalar belgilab bergan.

AQSh va KXDR o‘rtasidagi ilk tarixiy uchrashuv 2018-yilning 12-iyunida Singapurda bo‘lib o‘tgan. Uning natijalariga ko‘ra, Donald Tramp va Kim Chen In qo‘shma bayonot qabul qilgan. Pxenyan to‘liq denuklearizatsiya qilishga, AQSh esa KXDRga xavfsizlik kafolatini taqdim etishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют