» » Toshkentda Leningrad qamaldan ozod etilganining 75 yilligi nishonlandi

Toshkentda Leningrad qamaldan ozod etilganining 75 yilligi nishonlandi


Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni” memorial kompleksida “Mahalla” jamg‘armasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Leningradning fashistlar qamalidan ozod etilganining 75 yilligiga bag‘ishlagan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Marosimda so‘z olgan Milliy universitet o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori Muzaffar Ortiqovga ko‘ra, Leningradni himoya qilishda ko‘plab o‘zbekistonliklar ishtirok etgan: birgina 115-diviziyaning o‘zida 178 nafar o‘zbekistonlik jangchi bo‘lgan.

2002-yilda Peterburgdagi Piskaryov qabristonida shaharni himoya qilib halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarlar sharafiga yodgorlik o‘rnatilgan. Bu yerda 7 mingga yaqin o‘zbekistonlik dafn etilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda poytaxtda Leningrad qamalini boshidan kechirgan 27 kishi istiqomat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют