» » O‘zbekistonda kelgusi haftada yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

O‘zbekistonda kelgusi haftada yog‘ingarchiliklar kuzatiladi


Respublika Gidrometeorologiya markazi 29-yanvardan 1-fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, 29-yanvardan boshlab mamlakatda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, deb yozadi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29—30-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31-yanvar — 1-fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—29-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—30-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31-yanvar — 1-fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq, 31-yanvar — 1-fevral kunlari kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29-yanvar va 1-fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 29—30-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1-fevralda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq , kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31-yanvar—1-fevral kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29-yanvar va 1-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30—31-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 30-yanvar — 1-fevralda kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 30—31-yanvar kunlari ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30-yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29—31-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 1-fevralda 2-7 daraja sovuq, 29-yanvar kunduzi 3-8 daraja iliq, 30-yanvar-1-fevral kunlari kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют