» » BMT Trampning immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonini tanqid qildi

BMT Trampning immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonini tanqid qildi


BMTning qochoqlar huquqlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi AQSh prezidenti Donald Trampning qochoqlarni ko‘chirish borasidagi yangi farmonidan xavotirda, deb yozadi “Korrespondent.net” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.

“Qochoqlar — urushlar va ta’qiblardan qochishga majbur bo‘lgan oddiy odamlar. Ular himoyaga va yordamga g‘oyatda muhtoj”, — dedi Grandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning yangi qarori, u hatto vaqtinchalik bo‘lsa ham, o‘zi taalluqli bo‘lgan kishilarning azoblarini faqat kuchaytiradi.

Grandi ta’kidlashicha, AQSh boshqa mamlakatlardagi qochoqlarga yordam berish va xavfsizlik qidirib kelganlarni qabul qilish orqali doim boshqalar uchun namuna bo‘lib kelgan. Bugungi kunda, qochoqlar oqimi rekord darajaga yetgan bir paytda, bunday insonparvarlik namunasi har doimgidan ham ko‘proq zarur, deya qayd etdi BMT komissari.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonni imzoladi. Hujjat Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolariga AQSh hududiga kirish bo‘yicha takroran 90 kunlik cheklovni joriy etadi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют