» » Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi, Hasan tabib, Nurxon Nafasov ishi va haftaning boshqa asosiy mavzulari

Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi, Hasan tabib, Nurxon Nafasov ishi va haftaning boshqa asosiy mavzulari


“Daryo” haftaning eng muhim yangiliklarini qisqacha eslatib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyada safarda bo‘ldi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Bavariya bosh vaziri, Bundestag raisi, davlat prezidenti va kansleri bilan muzokara o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi nemis matbuotida keng yoritildi.

* * *

Shahrixonlik Hasan tabibning hayoti va faoliyati bilan tanishish maqsadida “Daryo” muxbiri suhbat o‘tkazdi. Ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylangan tabibning faoliyati ayrimlarda shubha va istehzo paydo qilgan edi. Suhbat davomida tabibning aytishicha, faoliyati noqonuniy emas, yillik deklaratsiya to‘lab keladi. Biroq uning davolash usuli haqida O‘zbekiston tabobat akademiyasi raisi Ibrohimjon Asqarov “o‘zi yaxshi, aqlli odamga o‘xshadi. Ammo qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman to‘g‘ri kelmaydi. U shu paytgacha kimlarni qaysi kasallikdan xalos etgani to‘g‘risida bizda aniq ma’lumotlar yo‘q”, deya munosabat bildirdi.

Shu haftaning o‘zidayoq Hasan tabib masalasiga prokuratura aralashib jarima soldi va faoliyatiga chek qo‘ydi.

* * *

Markaziy Osiyoda karate bo‘yicha 6-dan qora belbog‘ sohibi bo‘lgan birinchi sportchi, 1996—2006-yillar oralig‘ida federatsiya prezidenti bo‘lgan Nurxon Nafasovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda MOQ xabar tarqatdi. Xabarga ko‘ra, karate federatsiyasining sobiq raisi mablag‘ni maqsadsiz va ortiqcha ishlatgani, tovlamachilik va hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Shu bilan birga MOQ “noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi”, deb yozishi ayrim nashrlarda haqli e’tiroz uyg‘otdi. Tergov bosqichidagi ishni bu taxlit talqin etish aybsizlik prezumpsiyasiga ziddir.

* * *

Nukus tumanida yashovchi Murat Jumamuratov va Nargiza Menglibekovaning farzandlari soni olti nafarga yetdi. Oilada birdaniga uch qiz egizak farzandlar dunyoga keldi. E’tiborlisi shundaki, oldingi safar ham ushbu oilada ikki egizak tug‘ilgandi.

* * *

Bir guruh yigitchalarning ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan noinsoniy harakatiga nuqta qo‘yildi. 2018-yilning noyabr, dekabr oylarida bir to‘da yigitlarning keksa ayolning boshiga chelak kiydirib, musht urib yiqitgani tasvirlangan videolavha internetda muhokamalar, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Ushbu voqea 2018-yil may oyida, Samarqand shahrining Siyob bozori yaqinidagi “Shodiyona” savdo majmuasida yuz bergan. Majmua sotuvchilari bo‘lgan yigitchalar bu yerda tilanchilik qilib kun kechiruvchi ayolni mazax qilish maqsadida bu ishni amalga oshirgan. Zo‘ravonlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, prokuratura nazorati o‘rnatilgan edi. O‘tayotgan haftada ish ko‘rib chiqilib, jinoyatchilarga tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют