» » Samarqand imom-xatiblari Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa ziyoratgohlarga tashrif buyurdi

Samarqand imom-xatiblari Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa ziyoratgohlarga tashrif buyurdi


Samarqand bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov boshchiligida Samarqand shahri hamda Samarqand tumani imom-xatiblar viloyatning qator diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab, Imom Buxoriy majmuasi ziyorat etildi. Keyin esa majmua yonida qad ko‘targan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan tanishildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur inshooatlar bilan tanishib, ushbu maskan bizga buyuk ajdodlarning kimligini anglatishi, ma’naviyat, ma’rifatni targ‘ib etishini ta’kidlagan va bu yerni har bir o‘zbekistonlik ziyorat qilishi maqsadga muvofiqligini qayd etgan edi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shukrullo Umarov davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan markaz va hadis ilmi maktabining yaratilish tarixi, bu yerda ikki yil davomida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning buyuk ajdod merosini o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib berdi. Markazdagi muzey va tarixiy qo‘lyozmalar fondi ushbu maskanning tom ma’noda xalqaro ahamiyat kasb etishi, uning dunyo miqyosidagi nufuzi va salohiyati yuksakligini ko‘rsatib turishi qayd etildi.

Imom-xatiblarga markaz qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan asarlarni o‘rganish va tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Markaz yonida bunyod etilgan Hadis ilmi maktabida tinglovchilar uchun yaratilgan sharoit, bu yerdagi o‘quv jarayonlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanganligi imomlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu kuni “Maxdumi A’zam” hamda “Xo‘ja Doniyor” ziyoratgohlariga ham tashrif buyurildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют