» » O‘zbekiston va Tojikiston davlatlararo chegara chizig‘ini demarkatsiya qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlararo chegara chizig‘ini demarkatsiya qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqda


2019-yilning 21—27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida tegishli normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi. Buning asosida demarkatsiya ishlarini o‘tkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizig‘ini aniqlash bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshlanadi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют