» » Peskov rossiyalik yollanma qo‘riqchilarning Venesuelaga yuborilganligini rad etdi

Peskov rossiyalik yollanma qo‘riqchilarning Venesuelaga yuborilganligini rad etdi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Venesuelaga Nikolas Maduroni qo‘riqlash uchun rossiyalik yollanma qo‘riqchilarning yuborilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Albatta, yo‘q”, — dedi u “Moskva. Kreml. Putin” dasturida tegishli savolga javob bera turib. “Qo‘rquvning ko‘zlari katta”, — deya qo‘shimcha qildi tabassum bilan Peskov.

Avvalroq Reuters agentligi Venesuelaga prezident Maduroni qo‘riqlash uchun “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 400 ga yaqin rossiyalik yollanma qo‘riqchisi yuborilganligini ma’lum qilgan edi.

23-yanvar kuni Venesuela muxolifatchi parlamentining spikeri Xuan Guaydo o‘zini prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi deb e’lon qildi. Uning harakatlarini AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarining aksariyati qo‘llab-quvvatladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatda yangi saylovlar belgilashni taklif qildi. Rossiya, Meksika, Turkiya va bir qator boshqa mamlakatlar amaldagi prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют