» » Parijda “qizil ro‘mollilar” harakatining birinchi aksiyasi boshlandi

Parijda “qizil ro‘mollilar” harakatining birinchi aksiyasi boshlandi


Parijda “qizil ro‘mollilar” harakati tomonidan uyushtirilgan “Respublika marshi” bo‘lib o‘tmoqda. Ular Fransiyada huquqiy tartibni qayta tiklash va “sariq nimchalar” aksiyalaridagi zo‘ravonlikka qarshi chiqmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Marshga kelganlar “Zo‘ravonlikka — yo‘q”, “Institutlarimizga — hurmat” shiorlari bilan chiqish qilmoqda. Ularning kiyimlarida qizil elementlar — sharf, ro‘mol, shapkalar, beretlar, ryukzak, kurtkalar va soyabonlarni ko‘rish mumkin. Aksiya ishtirokchilarining aksariyati o‘rta va keksa yoshdagi odamlardir.

Hozirda Facebook’dagi “qizil ro‘mollilar” harakati guruhining ishtirokchilari 55 mingga yaqinligi qayd etilmoqda.

26-yanvar, shanba kuni mamlakatda “sariq nimchalar”ning o‘n birinchi aksiyasi bo‘lib o‘tdi. U boshqalari kabi politsiya bilan to‘qnashuvlar bilan birga kechdi. Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, Parijda 60 dan ortiq odam qo‘lga olingan, sakkiz nafari yaralangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют