» » Maduro Yevropa ultimatumiga javob qaytardi

Maduro Yevropa ultimatumiga javob qaytardi


Venesuela prezidenti mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazishni talab qilgan Yevropaning yetakchi mamlakatlari ultimatumini rad qildi va ularni takabburlikda aybladi. Bu haqda Nikolas Maduro CNN Turk telekanaliga intervyusida ma’lum qildi.

“Yevropa Venesuela bilan munosabatlarda hamon xatoga yo‘l qo‘ymoqda. 200 yildan buyon mustaqil davlat ekanligimizga qaramasdan, ular bizning tariximizni e’tiborsiz qoldirmoqda. Hech kim bizga ultimatum qo‘ya olmaydi”, — dedi u.

Maduro Yevropada Venesuelaning yaxshi do‘stlari ko‘pligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilarining pozitsiyasi esa xalq fikrini ifodalamasligini ta’kidladi.

“Yevropa yetakchilari Trampning (AQSh prezidenti) og‘zidan chiqqan har bir so‘zni ilib olmoqda. Butun Yevropa Trampni kuzatib bormoqda, ayniqsa Venesuela bilan bog‘liq holatda”, — dedi Venesuela prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют