» » Nissan, Renault va Mitsubishi Karlos Gon hibsga olingandan so‘ng hamkorlikni muhokama qiladi

Nissan, Renault va Mitsubishi Karlos Gon hibsga olingandan so‘ng hamkorlikni muhokama qiladi


Nissan Motor, Renault va Mitsubishi Motors avtomobil kompaniyalarining rahbarlari Karlos Gon hibsga olingandan so‘ng hamkorlikni mustahkamlash va fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisiga yangi rahbariyatni tayinlash yo‘llarini muhokama qilish uchun kelgusi haftada muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Renault—Nissan—Mitsubishi alyansi — Fransiyaning Renault kompaniyasi va Yaponiyaning Nissan va Mitsubishi kompaniyalari o‘rtasidagi mashinasozlikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik. Renault—Nissan alyansi 1999-yilda tashkil etilgan. Renault’ga Nissan’ning 43 foiz aksiyalari, Yaponiya kompaniyasiga esa fransuz hamkorining 15 foiz aksiyalari tegishlidir. 2016-yilda Nissan kompaniyasi Mitsubishi Motors kompaniyasining 34 foiz aksiyalarini xarid qildi, natijada avtomobil ishlab chiqaruvchilarining dunyodagi eng yirik alyansi tashkil topdi.

Muzokaralar alyans boshqaruv a’zolarining Niderlandiyada rejalashtirilgan yig‘ilishida bo‘lib o‘tishi mumkin. Nissan Motors’ning prezidenti Xiroto Saikava va Mitsubishi Motors rahbari Osamu Masukoning Renault direktorlar kengashi raisi Jan-Dominik Senar bilan telekonferensiya o‘tkazishi taxmin qilinmoqda. Muzokaralarning aniq vaqti ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Karlos Gon 19-noyabr kuni daromadlarining barchasini deklaratsiyalarda ko‘rsatmaslikda gumon qilinib qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют