» » La Liga. “Barselona” safarda “Jirona”ni mag‘lub etdi, Messi esa yana gol urdi (video)

La Liga. “Barselona” safarda “Jirona”ni mag‘lub etdi, Messi esa yana gol urdi (video)


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 21-tur bahslari doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi “Jirona” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Nelson Semedu hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqaga kelib jamoa yetakchisi Lionel Messi Jordi Alba uzatgan to‘pni darvozabon ustidan ohista oshirib, darvozaga joylab qo‘ydi (2:0).

Shu tariqa “Barselona” safarda “Jirona”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar musobaqa jadvalida 49 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinda bormoqda.

La Liga

21-tur bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 – 16 Sisto, 1:1 — 55 Plano, 2:1 — 69 Keko.

Gollar: 0:1 — 9 Semedu, 0:2 — 68 Messi

“Jirona”: Bunu, Alkala, Espinosa, Xuanpe, Porro, Granel (Seung-Ho Paik, 86), Fernandes, Portu (Losano, 80), Pons, Aleish Garsiya (Soaresh, 70), Stuani.

“Barselona”: Ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle (Vermalen, 77), Rakitich, Buskets (Roberto, 82), Vidal (Melo, 58), Koutinyo, Messi, Suares.

Ogohlantirishar: Bernardo (29), Lengle (31), Vidal (37), Buskets (43), Bernardo (51), Bunu (52), Alvares Texada (69), Stuani (89).

Chetlatish: Bernardo (51).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют