» » Farhod Abdullayev Polat Saidqosimov haqida: 100 yildan ortiq umr korishiga qattiq ishonardim

Farhod Abdullayev Polat Saidqosimov haqida: 100 yildan ortiq umr korishiga qattiq ishonardim


Daryo muxbiri Mirolim Isajonov 88 yoshida vafot etgan Ozbekiston Respublikasi xalq artisti Polat Saidqosimovning ayrim hamkasblari bilan suhbatlashib, ularni birgalikda yodga oldi.

Oramizda hamisha chiroyli masofa bolgan

Farhod Abdullayev, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan artist:

Polat akamni dastlab Muhabbat mojarosi, Beruniy kartinalaridagi ijrolarini korib, muxlisiga aylanganman. Taqdir ekan, sanat yolini tanlab, talabalik chogimdanoq ular ishlagan teatrda birgalikda faoliyat yuritish nasib qildi.

Tabiatan ikkiyuzlamachilik, laganbardorlikni yoqtirmaganligim bois hech qachon Polat akamning ortidan yurib, ustoz, deya biror narsa undirishga yoki yordam qolini chozishiga umid qilmaganman. Hamisha jimgina ularning ham hayotdagi, ham sahnadagi yurish-turishi, gapirishini kuzatib, ozimga nimadir olishga intilganman. Ammo taqlid qilgan emasman. Negadir yuziga tik qarab, ustoz deyishga botinolmasdim, ochigi.

Teatrda ijodiy kecham tashkil etilganida sahnaga chiqib, Farhod tugma istedodi va rollari bilan el nazariga tushdi, shogirdimga aylandi. Faqat uni shogirdim sifatida tan olaman, deya iliq fikrlar aytganida ham unga nisbatan munosabatimni ozgartirmaganman. Polat akamning ustiga chopon kiydirib, uylariga sovga-salom bilan tez-tez borib, zeriktirib qoyishni istamasdim va ularning ozi ham bunday xushomadlarni yoqtirmasdi. Odamning yuziga togrisini aytib qoya qolardi. Munofiqlik bilan chiqishmasdi. Ikkimizning mana shu felimiz juda oxshash edi. Ortamizda doimo chiroyli masofa bolgan va bizga bu juda maqul kelardi. Diyonat videofilmida ularning yoshligini oynaganman. Afgon kinosida ham birga ishlaganmiz. Kelinlar qozgoloni, Farmonbibi arazladi, Bir qadam yol kabi onlab spektakllarning repetitsiyalaridagi birga boshdan kechirgan qiziq va unutilmas voqealar hamon esimda.

Biz oxirgi marta oktyabr oyida Eslab korsatuvining suratga olish jarayonida korishib, gurunglashgandik. Undan keyin ham bir necha marta turli tadbirlarda uchrashdik, ammo jiddiy suhbatlashmadik. Polat akamni shifoxonaga tushib qolganini eshitganimda, tezda oyoqqa turib ketadi, deb oylagandim. Ularni 100 yildan ziyod umr korishiga qattiq ishonardim. Negaki, har doim tetik, bardam yurardi. Sogligidan shikoyat qilganini eshitmaganman. Lekin olim haq ekan, oramizni bevaqt tark etdi. Ilohim ustozni joylari jannatda bolsin!

Oz nabirasidek yaxshi korgan

Sevara Soliyeva, aktrisa:

Polat akaning vafot etgani haqidagi shum xabarni eshitishim bilanoq darhol koz oldimda Chol va nabiraning suratga olish jarayonidagi betakror damlar gavdalandi. Ushbu filmdagi nabira rolim kino olamidagi ikkinchi ijroim bolib, u paytlarda hali yosh, tajribasiz edim va shu tufayli syomka vaqtida butun jamoaning qollab-quvvatlashi natijasida kamchiliklarimni toldirishga harakat qilganman. Polat aka tabiatan ogir-bosiq, oz ishiga talabchan bolsa-da, lekin menga tanbeh berib, kopchilikning oldida yuzimni qizartirmagan. Aksincha, oz nabirasidek yaxshi korib, yaqindan komaklashgan.

Ustoz sanatkor bilan songgi bor 25-kadr korsatuvi syomkasida korishgandik. Oshanda juda ozib ketgan ekan. Keksa bolishiga qaramay, dadil harakatlanishi va birin-ketin filmlarda rol ijro etishini korib, shijoatiga havas qilardim. Ulardan faqat yorqin xotiralar qolgan. Ilohim oxirati obod bolsin!



Manba: Daryo.uz
: admin (27-01-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -