» » Bundesliga. “Bavariya” “Shtutgart” darvozasiga 4 ta gol urdi

Bundesliga. “Bavariya” “Shtutgart” darvozasiga 4 ta gol urdi


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 19-turi doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

1-bo‘limning 5-daqiqasidayoq “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib raqib jamoa a’zosi Anastasios Donis hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 55-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Kristian Gentner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:1). Oradan 10-daqiqa o‘tib, “Shtutgart” darvozasiga penalti belgilandi, ammo Robert Levandovski ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 71-daqiqada Leon Goretska Yosua Kimmix uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi (3:1). 84-daqiqaga kelib, Robert Levandovski xatosini to‘g‘irladi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:1).

Shu tariqa Niko Kovach shogirdlari navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

“Fortuna D” jamoasi o‘z maydonida “Leypsig”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

19-tur bahslarida so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

19-tur bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 – 5 Alkantara, 1:1 — 26 Donis, 2:1 — 55, avtogol, Gentner, 3:1 — 71 Goretska, 4:1 — 84 Levandovki.

“Bavariya”: Noyer, Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Martines (Gnabri, 46), Alkantara, Goretska, Myuller (Rodriges, 74), Levandovski, Koman (Devis, 86).

“Shtutgart”: Siler, Bek, Kabak, Kempf, Insua, Essvayn (Sosa, 90), Gentner, Askasibar, Suber (Didavi, 87), Donis (Tommi, 74), Gonsales.

Ogohlantirishlar: Alaba (32), Gentner (66).

Gollar: 0:1 — 2 Poulsen, 0:2 — 9 Orban, 0:3 — 16 Poulsen, 0:4 — 68 Laymer.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют