» » AQSH Janubiy Koreyada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga kirishdi

AQSH Janubiy Koreyada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga kirishdi


AQSH Janubiy Koreyada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga kirishdi va mazkur tizimning dastlabki qismlarini belgilangan manzilga yetkazdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Tinch okeandagi qurolli kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Shimoliy Koreyaning fitna qo‘zg‘ashga qaratilgan harakatlari, jumladan, raketalarning uchirilishi Janubiy Koreyada THAAD tizimlarini joylashtirish haqidagi qarorimiz vaqtida qabul qilinganini bildiradi”, — deya ta’kidladi Tinch okeandagi qurolli kuchlar qo‘mondoni admiral Garri Harris.

AQSH qo‘mondonligi THAAD tizimlari faqat mudofaa maqsadini ko‘zlashi va boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligini bildirmoqda. Ular atmosfera va uning tashqarisida kichik hamda o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hitoy THAAD tizimlari o‘rnatilishiga javoban sayyohlarning Janubiy Koreyaga safarlariga cheklov o‘rnatganligi ma’lum qilingandi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют