» » La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Real Madrid” yutdi, Beyldan super gol (video)

La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Real Madrid” yutdi, Beyldan super gol (video)


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 21-tur bahslari doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turda Santyago Solari qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ldi.

1-bo‘limning 4-daqiqasidayoq Karim Benzema hisobni ochdi (1:0). 15-daqiqaga kelib madridliklar sardori Serxio Ramos Luka Modrich uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi (2:0). 45-daqiqada esa fransiyalik hujumchi Karim Benzema jamoasining 3-goliga mualliflik qildi va dublga erishdi. (3:0).

Vinisius Junior o‘rniga maydonga tushgan Garet Beyl  67-daqiqada Lukas Vaskes uzatmasini golga aylantirdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi (4:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib himoyachi Rafael Varan qo‘pol o‘yini uchun hakam tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

“Real” o‘yin oxiriga qadar bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. 81-daqiqada esa Roberto Rosales Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi (4:2). Shu tariqa “Qirollik klubi” mazkur turda “Espanyol” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

La Liga

21-tur bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gol: 1:0 — 21 Muniain.

Gollar: 0:1 — 4 Benzema, 0:2 — 15 Ramos, 1:2 — 25 Baptistao, 1:3 — 45 Benzema, 1:4 — 67 Beyl, 2:4 — 81 Rosales.

“Espanyol”: Lopes, Lyuis Lopes, Vila (Rosales, 64), Lopes, Ermoso, Darder (Melendo, 75), Mark Roka, Aleks Lopes, Garsiya, Iglesias, Baptistao (Pyatti, 71).

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos (Nacho, 46), Kroos, Kazemiro, Vaskes, Modrich (Marselo, 76), Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.

Ogohlantirishar: Roka (7), Ramos (15), Garsiya (34), Karvaxal (81), Lopes (85), Nacho (88), Kurtua (90).

Chetlatish: Varan (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют