» » A Seriya. Ronalduning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi (video)

A Seriya. Ronalduning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi (video)


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 21-turi doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rimning “Roma” klubi safarda “Atalanta” bilan jang qildi.

Uchrashuvning 3 va 33-daqiqalarida Edin Jeko raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, dublga erishdi (2:0). 40-daqiqaga kelib, Stefan al-Shaaraviy Nikolo Zaniolo uzatmasini golga aylatirdi (3:0). Oradan 5 daqiqa o‘tib, “Atalanta” a’zosi Timoti Kastan rimliklar darvozasiga to‘p kiritib, hisobni qisqartirdi. Tomonlar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 59-daqiqasida Rafael Toloy jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. 70-daqiqada mezbon jamoa futbolchisi Esteban Sapata Banguera penaltidan gol ura olmadi, ammo hech qancha vaqt o‘tmay, hujumchi xatosini to‘g‘irladi va hisobni tenglashtirdi (3:3).

Shu tariqa Eusebio Di Franchesko shogirdlari “Atalanta” bilan kechgan o‘yinda durangga imzo kechdi va 1 ochkoga ega bo‘ldi.

Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Luchano Spaletti boshliq “Inter” jamoasi Turinning “Torino” mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda yutqazdi (0:1).

O‘yindagi yagona gol 34-daqiqada mezbon jamoa a’zosi Iztso tomonidan kiritildi.

Turning markaziy o‘yini Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” klubi Simone Inzagi boshliq “Latsio” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida Turin klubi yarim himoyachisi Emre Jan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Duglas Kosta o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Juan Kanselu 74-daqiqada “Latsio” darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda hakam rimliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu 11 metrlik jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining g‘albasini ta’minladi.

Shu tariqa “Keksa sinyora” navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

A Seriya

21-tur bahslari

27-yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 – 4 Muriel, 0:2 – 26 Benassi, 1:2 — 38 Stempinskiy, 2:2 — 60 Pellisyer, 2:3 — 79 Kyeza, 2:4 — 86 Kyeza, 3:4 — 89 Jorjevich.

Gollar: 0:1 – 18 Giglione, 0:2 — 21 Chiano, 0:3 — 52 Pinamonti, 0:4 — 75 Chiano.

Gollar: 1:0 — 11 Inglese, 2:0 — 53 Inglese, 2:1 — 70 Baloti, 2:2 — 75 Petanya, 2:3 — 87 Fares.

Gollar: 0:1 — 3 Jeko, 0:2 — 33 Jeko, 0:3 — 40 al-Shaaraviy, 1:3 — 45 Kastan, 2:3 — 59 Toloy, 3:3 — 71 Banguera.

Gol: 1:0 — 35 Iztso.

Gol: 1:0 — 59, avtogol, Emre Jan, 1:1 — 74 Kanselu, 1:2 — 88, penalti, Ronaldu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют