» » Xorazmda Malayziya Texnologiya universiteti filiali ochiladi

Xorazmda Malayziya Texnologiya universiteti filiali ochiladi


Xorazmda yaqin orada Malayziya Texnologiya universiteti (UTM) filiali ochilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi delegatsiyaning universitet rahbariyati bilan muzokaralari davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hokimlik va universitet o‘rtasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, hokimlik va UTM o‘rtasida Xorazmdagi tegishli oliy o‘quv yurti bazasida injiniring, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar va menejment yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura dasturlarini joriy etish hamda kelgusida Malayziya universiteti filialini ochish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Ma’lumot uchun, Malayziya Texnologiya universitetiga 1904-yilda asos solingan bo‘lib, ushbu oliy o‘quv yurti dunyo universitetlari reytingida 228, Osiyoda esa 47-o‘rinda turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют