» » Saakashvili 72 soat ichida Gruziya rahbariyatini o‘zgartirishi mumkinligini da’vo qildi

Saakashvili 72 soat ichida Gruziya rahbariyatini o‘zgartirishi mumkinligini da’vo qildi


Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qachon vataniga qaytishi mumkinligiga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Gruziyada qidiruvga berilgan va ayni paytda Niderlandiyada istiqomat qilayotgan Saakashviliga ko‘ra, mamlakatning faol qismi va muxolifat unga Gruziya bo‘ylab aqalli 72 soat erkin harakatlanishni ta’minlagan taqdirda vataniga qaytadi.

“Bu mamlakatda rahbariyatni tinch yo‘l bilan o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ladi”, — ta’kidladi Gruziyaning sobiq prezidenti.

Shuningdek, Saakashvili Gruziyada hukmronlik qilayotgan partiya asoschisi Bidzina Ivanishviliga qarshi kurash olib borayotganini bildirdi va mamlakat rahbariyatini telbalarga qiyosladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют