» » Venesuela prezidenti Maduroni kimlar qo‘llab-quvvatlayapti?

Venesuela prezidenti Maduroni kimlar qo‘llab-quvvatlayapti?


Britaniyaning The Guardian nashriga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning asosiy ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya va Xitoy  AQShni  muxolif partiya rahbari bo‘lgan Xuan Guaydoga to‘ntarish uyushtirishda yordam berib, “mamlakat ichki ishlariga ralashmaslik” borasida ogohlantirgan. Venesuela hukumatining asosiy tayanchi bo‘lgan Rossiya, AQShning  Venesueladagi siyosiy vaziyatga harbiy aralashuvi halokatli deb bayonot berdi.

Rossiyalik senator Venesuela prezidentini tontarishga urinish noqonuniy ekanligidan ogohlantirmoqda.

Payshanba kuni Rossiya tarafi Maduro hukumatini qollab-quvvatlash borasida qat’iy bayonot bilan chiqdi va AQShning Venesuela ichki ishlariga harbiy aralashuvini “halokatli” deb atadi.

Rossiya TIV orinbosari Sergey Ryabkov  quyidagi bayonot bilan chiqdi:

“Biz vaziyatning bunday tus olishidan tiyilishni maslahat beramiz. Bizning nazarimizda, bu halokatli ssenariy, Lotin Amerikasida biz kuzatib borayotgan rivojlanish modeli asosini larzaga keltiradi”.

“Bizga dostona munosabatda bolgan Venesuelani, strategik hamkorni biz qollab-quvvatlaganmiz va bundan keyin ham qollab-quvvatlaymiz”, — deb va’da berdi Ryabkov.

Rossiya Venesuela hukumati uchun asosiy moliyaviy tayanch sifatida, kelgusidagi neft yetkazmalari uchun  milliardlab dollar miqdoridagi kreditni oldindan tolov evaziga ajratib keladi.

Dekabr oyida Kreml Venesuela hukumatini qollab-quvvatlash belgisi sifatida unga ikki dona TU-160 rusumidagi  yadroviy hujumkor uchoqlarini yetkazib bergan edi.

Rossiya Venesueladagi siyosiy kuchlar ortasida kelishtiruv siyosati muzokaralarini olib borishda  yordam berishga tayyorligini ham aytib otdi.

“Istasangiz, bu mamlakatning suverenitetini himoya qilishda va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyili qoidalarining buzilmasligi himoyasida bir qatorda turamiz”, — deb bayonot berdi Ryabkov.

Kremlda hozirga qadar Venesueladagi siyosiy inqiroz borasida sharhlar berilmadi. Biroq rus siyosiy elitasining ayrim vakillari Maduro siyosatini qollab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Rossiya parlamenti quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin Guaydoning prezidentlikka bolgan iddaosini “qonuniy”  emas deb fikr ham bildirib otdi.

AQShning Maduroga nisbatan siyosatini  boshqa deputatlar ham tanqid qilib chiqmoqda.  Rossiya parlamentining yuqori palatasi tashqi ishlar masalalari boyicha qomitasi raisi orinbosari Andrey Klimov “AQSh Venesuelada navbatdagi ‘rangli inqilob’ni  yuzaga keltirmoqchi” deb aytdi.

Xitoy hukumati Venesueladagi  suverenitet, mustaqillikni  va barqarorlikni qollashga tayyorligini  bildirdi.

“Xitoy Venesuelaning suveren, mustaqil va barqaror mamlakat sifatida qolishini qollab-quvvatlaydi. Alohida ta’kidlash joizki, sanksiyalar, ichki ishlarga aralashuv  vaziyatni murakkablashtirib, asl muammolar yechim topishiga yordam bermaydi”, — deb ta’kidladi Xitoy TIV vakili Xua Chunyin.

Venesuela rasmiy Pekinning Lotin Amerikasidagi eng yaqin iqtisodiy hamkorlaidan biridir. 2017-yilda Venesuela Xitoydan 38 milliard funt sterling miqdorida qarz olgan. Xitoy Venesuelaning yirik kreditori sifatida bu mamlakatda iqtisod osishidan manfaatdor. Bu esa Xitoyga Venesuela davlat aktivlarining  Shri-Lankada Xambantota porti kabi Xitoy nazoratiga otishi mumkinligini ham anglatadi.

Xitoy manfaatlari toqnashadigan yana bir nuqta shuki, agar Venesuelada hokimiyat ozgaradigan bolsa, yangi hukumat Xitoy oldidagi majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi ehtimolini vujudga ham keltiradi. Otgan yili Maduro Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, Mao Szedun maqbarasini ham ziyorat qilgan edi. Shu tashrif chogida ikki mamlakat rahbarlari umumiy qiymati 3,8 milliard funt sterlingga teng bolgan yigirmadan ortiq shartnomalarni imzolagan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushogli Guaydoni ogohlantirib, “Venesuelada qonuniy saylangan prezident borligini, biroq ayrim davlatlar Guaydoning prezidentlikka iddaosini tan oladigan bolsa, bu tartibsizlikka yetaklaydi” deb aytgan “Xabar” yangiliklar nashriga bergan intervyusida. Shuningdek, Mavlud Chovushogli mamlakat izolyasiya bosimi ostida qolmasligini, vaziyat tinch yol bilan hal qilinishini alohida urgulagan.

Ayni paytda Meksika va Urugvay Maduro siyosatini qollab-quvvatlayotgan va hukumat hamda muxolifat ortasida muzokaralar otkazishga chaqirayotgan Lotin Amerikasining ikki yirik davlati bolib qolmoqda. Qayd etish lozim, Vatikanning Maduro hukumati va muxolifat ortasidagi vositachilik siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Meksikadagi eski hukumat Venesuelani tanqid qilib chiqdi. Ayni paytda Meksikaning yangi prezidenti Andreas Manuel Lopes Obrador mamlkatni an’anaviy ozga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini dastak qilib olgan holda jimlik saqlamoqda.

Venesueladagi vaziyatni tanqid qilar ekan, Eron hukumati muxolifatning siyosiy ambitsiyalarini hukumatni tontarish yoli bilan egallab olishga urinishda ayblamoqda.

Eron TIV rasmiy vakili Bahrom Qosimiy payshanba kungi  bayonotida Tehron Venesuela hukumati va xalqini har taraflama qollab-quvvatlashga tayyor ekanini va mamlakat ichki ishlariga har qanday chet el hukumatlarining aralashuvi noqonuniy deb atadi.

Kuba ham Venesueladagi mavjud hukumatni qollab-quvvatlashini bayon qildi. Granma hukumat nashri Donald Trampning Guaydoni vaqtincha prezident sifatida tan olishini AQSh tontarishni oz qol ostiga olibdi deb ham izohladi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatda siyosiy barqarorlik izdan chiqib ketmasdan muzokaralar o‘tkazish lozimligini ta’kidladi.

Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etayotgan bosh kotib, xususan, “biz Venesuela xalqi va butun hudud uchun halokatli natijalar keltirib chiqaradigan nizoning oldini olish mumkinligi borasidagi ikki tomon dialogiga hali kech bo‘lmagan”, deya e’tirof etdi.

Bosh kotib, shuningdek, “mustaqil davlatlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish tutishi mumkin. Ammo bu vaziyatda bizni o‘ylantirayotgan muammo oddiy venesuelaliklarning taqdiridir”, deb aytib o‘tdi.

Venesuelada Maduro prezidentligi davrida iqtisodiy inqiroz chuqurlashdi, millionlab odamlar qashshoqlikka mahkum bo‘ldi, neftga boy mamlakat zaruriy ehtiyojlar sanalmish oziq-ovqat va dori-darmon yetishmasligi muammosi avj oldi.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015-yildan buyon Venesuelani 2,3 millionga yaqin odam tark etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, inflyatsiya darajasi bu yil 10 million foizga o‘sishi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют