» » AQShda 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida kim g‘olib bo‘ladi?

AQShda 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida kim g‘olib bo‘ladi?


AQShdagi prezidentlik saylovoldi bellashuvlari boshlanib ketgan. 23-yanvarda ushbu lavozimga sakkiz nafar amerikalik siyosatchining nomzodi e’lon qilindi, deya xabar berdi Forum Daily.

Nomzodlar orasida matbuotda Donald Trampning asosiy potentsial raqibi deb qaralayotganlari ham bor.

Kamala Harris

Bugungi kunga qadar saylovoldi harakatning eng mashhur ishtirokchisi. Demokratik senator. 2016-yil sobiq bosh prokuror Kaliforniya shtatidan Kongressga saylangan. 2018-yilda u Bret Kavanoni Oliy sudga tayinlash paytidagi janjal sabab butun mamlakatda mashhur bo‘lib qolgan — Harris nomzodni qattiq so‘roq qilishiga sabab uning kelgusida prezidentlik lavozimiga tayyorgarlik ko‘rayotgani edi. U Demokratik partiyaning porloq yulduzi va Donald Tramp uchun eng xavfli raqiblardan biri.

Elizabet Uorren

Demokratik partiyaning “progressiv bloki” tarafdori, Donald Trampning ko‘p yillik tanqidchisi va Amerika siyosatining eng obro‘li shaxslaridan biri bo‘lgan Massachusetts senatori. 69 yoshli Uorren saylovga nomzodini ko‘rsatishi bilan nomzodlarning birinchi yeg‘ilishida ishtirok etish uchun Ayova shtatiga kelgan. Uning arizasi eng jiddiylaridan biri deb qaralmoqda. Ammo oxirgi paytlarda uning ismini ko‘pchilik amerikaliklar iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashish, o‘rta sinf vakillarini himoya qilish, korporatsiyalarni to‘xtatish bilan emas, balki uning kelib chiqishi haqidagi janjal bilan bog‘lamoqda. Senator ajdodlari orasida cheroki yoki delaver hindulari borligini aytgan va 2018-yilning oktabrida buni DNK testi yordamida isbotlashga harakat qilgan (tahlil shuni ko‘rsatadiki, senatorning o‘n avlod oldingi qarindoshlari hindu bo‘lgan; lekin cherokilar ushbu ma’lumotlarga asoslanib, uni o‘z urug‘i deb hisoblashga tayyor emasligini bildirgan).

Kristen Gillibrand

U o‘z karyerasini Nyu-Yorkdagi vakillar palatasidan boshlagan. 2009-yilda Hillari Klinton Davlat kotibi etib tayinlanganidan keyin uning o‘rniga Senatga o‘tgan. Dastlab konservativ bo‘lgan Gillibrandning siyosiy qarashlari asta-sekin so‘lchilarnikiga aylangan. Hozir esa u “progressiv” saylovchilarning umidiga aylangan.

Hulian Kastro

Hozirda 44 yoshli Kastro 2014-yilda AQShning uy-joy qurilishi boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan. O‘sha payt Barak Obama mahkamasining eng yosh a’zosi bo‘lgan. Undan oldin u San-Antonio (Texas) shahrining meri lavozimida ishlagan va eng umidli yosh demokratlardan biri hisoblangan. Biroq, Trampning saylovlaridan so‘ng uning karyerasi to‘xtab qolgan. 2018-yilda Senat saylovlarida Ted Kruzga raqib sifatida ishtirok etishdan bosh tortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют