» » 18 yildan buyon farzandlari salomatligi uchun kurashayotgan ota yaxshilar saxovatidan umidvor

18 yildan buyon farzandlari salomatligi uchun kurashayotgan ota yaxshilar saxovatidan umidvor


Hayot yo‘li sinovlarga to‘la. Inson har bir holatga ko‘nikadi, to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Bunda inson toblanadi, sabr qiladi va yanada irodali bo‘ladi, kurashishda davom etadi.

“Kun.uz” sayti ijodiy jamoasi Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida bo‘lib, necha yillardan buyon farzandlari sog‘lig‘i uchun kurashib kelayotgan Olim Nazarov bilan uchrashdi.

Bu insonning ikki qiz va bir nafar o‘g‘li bor. Katta qizi 21, keyingisi 18 va o‘g‘li 12 yoshda.

Ha, farzand oila quvonchi, ota-ona orzularini ro‘yobga chiqaruvchi kelajakdir. Farzand oyog‘iga kichik tikan kirsa ham, avvalo, ota-onaning halovati yo‘qoladi.

Olim Nazarov ham ikkinchi qizining sog‘ligi uchun o‘n yil kurashdi. Uning bosh miyasidagi kasallikni davolash uchun barcha choralarni ko‘radi. Allohga shukurki, hozir qizining sog‘ligi yaxshi.

Ammo 2007-yil dunyo yuzini ko‘rgan farzandi oyog‘ida tug‘ma nuqson, ya’ni ikki tomonlama maymoqlik kasalligi bilan tug‘iladi.

Ota bu sinov oldida ham egilmadi, sinmadi. O‘g‘li Gajkuli Odinayevni tug‘ilganidan boshlab davolatishga harakat qildi. Bir necha bor jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Ammo maymoqlik alomatlari ketgani yo‘q.

Biroq bu sinovlarning hammasi emas edi. Gajkuli 3 yoshga to‘lganida unda ichak patologik kasalligi aniqlanadi. Olim Nazarov farzandining sog‘ligini tiklash uchun hozirga qadar harakat qilmoqda.

Hozir Gajkuli 12 yosh. Shu vaqtga qadar uning oyoq va qorin qismida 10 dan ziyod jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. 48 marotaba tibbiy muolajalarni boshidan kechirgan.

Farzandi sog‘ligi uchun kurashayotgan ota shu vaqtga qadar tibbiy muolaja va jarrohlik amaliyotlari xarajatlari uchun yashab turgan hovlisi va ko‘p qavatli uydagi xonadonini sotgan. Ayni vaqtda oila uysiz, Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birida ijarada yashamoqda.

Hozirda Gajkulining ahvoli kundan kunga og‘irlashib bormoqda. Olim Nazarov Rossiyadagi klinikalardan biridagi mutaxassislar bilan bog‘langan. Davolash imkoni bor, ammo buning uchun mablag‘ zarur. Olim Nazarovning aytishicha, o‘g‘lini Rossiyada davolatish uchun 10 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ kerak.

“Farzandimning sog‘ligini tiklash uchun oxirigacha kurashaman. O‘g‘lim yaxshi bo‘lib ketsa, shu mening baxtim. 18 yildan buyon shifoxonalar eshigidaman. Avval qizim, keyin esa o‘g‘limni davolatyapman. Biror ish bilan ham shug‘ullanolmayman. Bor-budimni sotdim. Menga farzandlarim sog‘ bo‘lsa bo‘lgani, qolgani topiladi. Ammo hozir qo‘limdagi bor mablag‘ni sarflab bo‘ldim. Yaqinda rossiyalik shifokor bilan bog‘landik. Endi o‘g‘limni davolash uchun Rossiyaga borishimiz kerak. Biroq samolyot chiptasi uchun ham pulim qolmadi. Vaqt esa o‘tib boryapti, o‘g‘limning ahvoli kundan kunga og‘irlashib bormoqda. Shu vaqtgacha o‘zim kurashdim. Endi yaxshi insonlar ko‘magiga muhtojman”, – deydi Gajkulining otasi Olim Nazarov.

Mehr-oqibat, xayr-u saxovat ko‘rsatish, o‘zaro oqibatlilik, yaxshilik qilish kabi fazilatlar bag‘rikeng xalqimizga xos.

Keling, azizlar, ayni vaqtda farzandi sog‘ligi uchun kurashayotgan otaga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Saxovat ko‘rsatib, og‘irini yengil qilaylik.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Telefon: +99894 515 00 71 (Olim Nazarov)

Click/PayMe: 8600 0417 8158 9628 (Agrobank)

MFO: 00325

INN: 200075163

Naqd pul topshirganda: 23116000000000325001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000800000325001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘ tranziti: 23120000400000325001



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют