» » Jizzaxda IIB xodimini haqorat qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda IIB xodimini haqorat qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan IIB xodimini haqorat qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Sudlanuvchi Abror Iskanov (ism sharifi o‘zgartirilgan) Do‘stlik tuman ma’muriy sudining 2018-yil 3-iyul kungi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan spirtli ichimlikdan mast holatda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman IIB XPB TP profilaktika inspektori Noryigit Eshovni (ism sharifi o‘zgartirilgan) 2018-yil 16-iyul kuni telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, “Sen va hokim Mirzacho‘l tumanida toza ishlayapman deb yuribsanmi?” deb va boshqa so‘zlar ishlatib haqorat qilgan.

Shunday qilib, Abror Iskanov o‘zining ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan, qasddan taxqirlab, haqorat qilganlikda ifodalangan xarakatlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi JK 140-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shundan keyin Mirzacho‘l tuman sudi fuqaro Abror Iskanovni O‘zbekiston Respublikasi JK 140-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, unga shu modda bilan 240 (ikki yuz qirq) soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinladi.

Endi sudlanuvchi Abror Iskanov haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilinadi.

Sudlanuvchi majburiy jamoat ishlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda sud unga nisbatan tayinlangan jazoni og‘irroq jazoga almashtirishi bo‘yicha ogohlantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют